Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyo tog‘larida zumrad qish ziynati
17:04 / 2026-01-06

Surxondaryo viloyatidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘iga zumrad qish fasli o‘zgacha ziynat ulashmoqda. Oppoq qor bilan qoplangan tog‘ cho‘qqilari, ma’yus mudrayotgan turli dov-daraxtlar ona tabiatning naqadar buyuk ijodkor ekanini namoyish etayotgandek tuyuladi.

Osmono‘par cho‘qqilarga tutashgan 27 ming 581 gektar maydondagi tabiat bog‘ining 7 ming 294 gektarini tog‘ o‘rmonlari tashkil etadi. 

Dengiz sathidan 1000 – 3800 metrgacha balandlikda joylashgan bog‘ turli noyob o‘simliklari, dov-daraxtlari, “Qizil kitob”ga kiritilgan jonivor va qushlari, daryolarida qizil forel, shirmoy baliqlari bilan tabiat shaydolarini maftun etadi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri