Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarhisob va ustuvor vazifalar: 2019-yilda sogʻliqni saqlash sohasida qanday natijalarga erishildi?
10:40 / 2019-12-31

2019-yil poyoniga yetayotgan bir pallada mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan har bir soha 2020-yilga yangi, ulkan vazifa va maqsadlar bilan qadam qoʻymoqda.


2019-yil poyoniga yetayotgan bir pallada mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan har bir soha 2020-yilga yangi, ulkan vazifa va maqsadlar bilan qadam qoʻymoqda. Shu jumladan, sogʻliqni saqlash sohasida ham ortga nazar tashlar ekanmiz, koʻplab ibratli ishlar amalga oshirilganining guvohi boʻlamiz.

Jumladan, xalqimizga koʻrsatilayotgan tibbiy-profilaktika, patronaj yordamini yanada yaxshilash, tez va shoshilinch tibbiy yordam hamda ixtisoslashgan tibbiy yordam sifatini oshirish, aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan taʼminlash, xususiy tibbiyotni rivojlantirish borasida muhim loyihalar amalga oshirildi.

Xususan, keyingi uch yil ichida sogʻliqni saqlash sohasini isloh etish boʻyicha 180 ga yaqin huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2019 – 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini bosqichma-bosqich taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Eʼtirof

Yuqoridagi konsepsiya asosida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar shubhasiz tibbiyot xodimlarining fidoyiligi samarasidir. Shu bois soha vakillarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga davlatimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, joriy yil Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali bayram tadbirida ham davlatimizning tibbiyot xodimlariga koʻrsatilayotgan ulkan eʼtibori va ehtiromi namoyon boʻldi. Birinchi marta Prezidentimiz tibbiyot xodimlarini samimiy qutladi va birinchi marta bir guruh soha fidoyilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu eʼtiroflar soʻnggi uch yil davomida tibbiyotga, shifokorlarga qaratilayotgan ulkan eʼtiborning eng yuksak choʻqqisi boʻldi desak, mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.

rezidentimiz oʻz tabrigida “Biz sizlarning timsolingizda xalq salomatligi yoʻlida oʻz halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini koʻramiz”, deya shifokorlarning el salomatligini asrash yoʻlida olib borayotgan ishlariga munosib baho berdi.

Ahamiyatli jihati, joriy yilning oʻzida Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan hamda Tibbiyot xodimlari kuni arafasida jami 95 nafar tibbiyot xodimlari davlatimizning yuksak unvon va mukofotlariga sazovor boʻlgani soha vakillarining sharafli va masʼuliyatli mehnati davlatimiz va xalqimiz tomonidan nechogʻlik yuksak eʼtirof etilayotganining yaqqol isbotidir.

uningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan anʼanaviy tarzda oʻtayotgan “Yilning eng yaxshi shifokori” respublika tanlovi ham tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash, ularni munosib ragʻbatlantirish, tizimda orttirilgan ilgʻor tajribalarni keng ommalashtirishda muhim oʻrin tutmoqda. Tanlov bu gal har yilgidan koʻra ham yuqori saviyada va keng miqyosda oʻtkazildi. Bu yil birinchi marta 39 ta nominatsiya boʻyicha 117 nafar gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Yuksak eʼtiborning mantiqiy davomi sifatida sohani moliyalashtirish hajmi bir necha barobarga oshirilayotganini taʼkidlash joiz. Masalan, 2017-yilda sohaga 7,1 trillion, 2018-yilda 9,4 trillion soʻm yoʻnaltirilgan boʻlsa, 2019-yilda esa ushbu koʻrsatkich 12,1 trillion soʻmni tashkil qildi. 2020-yilda esa 14,8 trillion soʻm ajratiladigan boʻldi.

Bugun dunyo tibbiyotida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, kasalliklarni davolashdan koʻra, oldini olish davlat uchun ham, oila uchun ham samaralidir. Shu jihatlar eʼtiborga olinib, keyingi yillarda mamlakatimizda profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga eʼtibor tobora kuchaymoqda. Ayni paytda xalqimizga bu yoʻnalishda 1793 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 817 ta qishloq vrachlik punktlari, 798 ta qishloq oilaviy poliklinikalar, 178 ta shahar oilaviy poliklinikalar xizmat koʻrsatayapti.

18 ta ixtisoslashgan markaz

Ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish borasida ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qoʻshimcha cakkizta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (onkologiya va radiologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya, allergologiya, nevrologiya va insult, nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi, narkologiya, bolalar xirurgiyasi kabi yoʻnalishlarda) tashkil qilinib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlar soni 18 taga yetdi.

Hozirgi kunda davlatimiz rahbarining ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan olis hududlarni qamrab olish borasidagi topshiriqlari boʻyicha hududlarda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarning 17 ta filiallari ishga tushirildi, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tarkibida qariyb 6600 oʻringa moʻljallangan 310 ta ixtisoslashtirilgan boʻlimlar tashkil qilindi.

Quvonarli jihati, 2019-yil davomida hududlarda 2000 dan ortiq jarrohlik operatsiyalari oʻtkazildi. Shundan 1200 ga yaqini hali viloyatlar tarixida boʻlmagan yuqori texnologiyaga asoslangan murakkab operatsiyalardir. Hududlarda ham kardioxirurgiya xizmati rivojlanib, hududlarda 10 ta rentgenendovaskulyar boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda, 8 ta viloyatda kardioxirurgik operatsiyalar oʻtkazilmoqda. Shuningdek, hududlarda yangi 174 ta diagnostik va 264 ta yangi davolash usullari joriy etildi, telemeditsina orqali 800 dan oshiq onlayn konsultatsiyalar oʻtkazildi.

Onalik va bolalik

Oxirgi yillarda homilador ayollar va chaqaloqlarni perinatal hamda neonatal skriningdan oʻtkazish orqali ularda tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyildi. Hududlarimizda bolalar davolash muassasalarida oldinlari mavjud boʻlmagan neonatal xirurgiya, kardioxirurgiya, invaziv xirurgiya, qizlar ginekologiyasi kabi koʻplab yangi boʻlimlar tashkil etilib, eng qiyin amaliyotlarni oʻtkazilmoqda.

Qolaversa, yurtimiz perinatal muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi barobarida mutaxassislarimizning malakasini oshirish orqali eng kam vaznli, hatto 500 grammlik goʻdaklarni ham parvarish va reabilitatsiya qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu oʻzgarishlar yurtimizda ayollar salomatligini mustahkamlashga, onalar va goʻdaklar oʻlimini keskin kamayishiga sabab boʻlmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, “2019 – 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi”ning qabul qilinishi sohani har tomonlama yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Yuqoridagi qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat berilmoqda.

OPVga qarshi vaksinani. qoʻllash yoʻlga qoʻyildi

Yana bir eʼtiborli jihati, koʻplab davlatlarning odam papilloma virusiga qarshi vaksinani amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish tajribasini eʼtiborga olgan holda, 2019-yilning oktyabr oyidan boshlab yurtimizda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va YUNISEFning qoʻllab-quvvatlashi natijasida bachadon boʻyni saratoni keltirib chiqaruvchi OPVga qarshi vaksinani qoʻllash yoʻlga qoʻyildi.

u oʻrinda aytib oʻtish lozimki, bachadon boʻyni saratoniga qarshi OPV vaksinasi bilan emlash iqtisodiy jihatdan samarali boʻlib, aholi sogʻligʻini saqlashda muhim oʻrin tutadi. Hozirgi kunda 100 dan ziyod davlatlarda OPV vaksinasi qoʻllanilib, u 96 ta davlatning Milliy emlash kalendariga kiritilgan.

Tahlil natijalariga koʻra, emlash evaziga kelajakda har yili 1100 ta kasallanish va bachadon boʻyni xastaligi boʻyicha 600 ga yaqin oʻlim holatining kamayishiga erishiladi. 2050 – 2060-yillargacha aholining 90 foizi emlash bilan qamrab olinishi orqali Oʻzbekistonda bachadon boʻyni saratoni kasalligi toʻliq bartaraf etilishiga erishiladi.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda emlash ishlarining yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi natijasida shol, boʻgʻma, goʻdaklar orasida qoqshol, bakterial meningit, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida rotavirus infeksiyasidan oʻlim holatlari keskin kamayganligi hamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida virusli gepatit V va qizilcha kasalliklarining qayd etilmasligiga erishildi. Eʼtiborli jihati, 2017-yilda esa JSSTning Yevropa hududiy byurosiga aʼzo boʻlgan 53 ta davlat ichida oltinchi boʻlib, Oʻzbekistonga qizamiq va qizilcha kasalligi bartaraf etilganligi eʼtirof etildi. Bundan tashqari, 2018-yil Oʻzbekiston bezgak kasalligining mahalliy holatlari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi xalqaro sertifikatni ham qoʻlga kiritdi.

Shoshilinch va tez tibbiy yordam

holi eng koʻp murojaat qiladigan soha — shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatining faoliyati ham keyingi yillarda yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Natijada, aholining tez tibbiy yordam xizmatiga boʻlgan ishonchi ortmoqda, murojaatlar yil sayin oshib borayapti. Masalan, taqqoslash uchun aytadigan boʻlsak, 2016-yilda chaqiriqlar soni 7,2 millionni tashkil qilgan boʻlsa, 2017-yilda – 8,7 million, 2018-yilda esa 9,8 millionga yetgan. Joriy yilning oʻtgan 11 oyi ichida esa murojaatlar soni oʻn milliondan oshgan. Keyingi yillarda tez yordamning maxsus sanitar avtotransport parki yangilandi.

Bugungi kunda tizimda ikki yarim mingga yaqin “Nissan”, “Hunday”, “Toyota” rusumli va boshqa zamonaviy tez yordam mashinalari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. 2019-yilda yana 150 ta tibbiy asbob-uskunalar va aloqa vositalari bilan toʻliq jihozlangan “Ford” rusumidagi reanimobillar xarid qilindi.

Xususiy tibbiyot

Soʻnggi uch yilda 1300 dan ortiq davolash muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilganligi va birgina 2019-yilning oʻzida tibbiyot maskanlari 100 million dollar miqdoridagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangani, xalqimiz salomatligi yoʻlida qilingan ishlarning mezon va miqyosini koʻrsatib turibdi.

Yurtimizda keyingi yillarda xususiy tibbiyot rivoji uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, oʻtgan davr mobaynida sogʻliqni saqlashning xususiy sektori tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlari 50 tadan qariyb 130 tagacha koʻpaydi. Stomatologiya va kosmetologiyadan tashqari boshqa yoʻnalishlardagi xususiy tibbiyot tashkilotlari 2022-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliq va majburiy ajratmalarni toʻlashdan, shuningdek, olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ularning ehtiyot qismlari va zarur materiallar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etildi. Qolaversa, xususiy klinikalarga qator moliyaviy imtiyozlar berildi. Natijada bugunga kelib bu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 5300 dan oshdi. Mamlakatimizda Rossiya, AQSH, Germaniya, Hindiston, Turkiya kabi qator xorijiy davlatlarning 100 dan ortiq zamonaviy klinikalarni tashkil etildi.

Jumladan, Termiz shahrida Turkiyaning “Kani-med” kompaniyasi tomonidan ochilgan zamonaviy laboratoriya markazi hamda Buxoro shahrida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya hamkorligidagi “Himchan” koʻp tarmoqli xususiy klinikasi shular jumlasidan.

Qator tibbiyoti rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik munosabatlari ham izchil rivojlanib bormoqda. Jumladan, yaqinda poytaxtimizdagi Qozogʻiston yili doirasida Qozogʻiston tibbiyoti kunlari tashkil etildi. Shuningdek, “Salomatlik haftaligi” doirasida sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasida birinchi oʻzbek-turk biznes forumi ham tashkil etildi.

2020-yilda...

Aholi salomatligini samarali va sifatli ximoyalash borasida saʼy-harakatlar 2020-yilda ham izchil davom ettiriladi. Bu borada qator huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish koʻzda tutilmoqda.

Yana bir eʼtiborli jihati, tibbiyot muassasalarida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Xususan, 101 ta yangi obyekt qurish, 128 ta muassasani rekonstruksiya qilish, 46 ta binoni mukammal taʼmirlash ishlari olib borilishi moʻljallanayapti.

Xususiy tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz boʻyicha 150 ta, shu jumladan, 5 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etiladi. Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda rivojlangan mamlakatlarning oliy tibbiy taʼlim muassasalarini keng jalb qilishga ustuvor eʼtibor qaratiladi. Jumladan, Oʻzbekistondagi tibbiyot taʼlim muassasalarida Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniyaning qator tibbiyot universitetlari qoʻshma fakultetlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻriladi.

undan tashqari, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, nogironligi boʻlgan shaxslarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish, elektron sogʻliqni saqlash tizimini joriy etish, shifoxonalarda autsorsing xizmatini tashkil etish, majburiy tibbiy sugʻurta tatbiq etish yuzasidan tayyorgarlik koʻrish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarning xavf omillarini erta aniqlash va samarali profilaktikasi choralarini amalga oshirish kabi koʻplab ustuvor yoʻnalishlarda keng koʻlamli ishlar davom ettiriladi.

Shuningdek, davolash va diagnostika standartlarini yangilash, klinik protokollarni joriy etish, dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini amaliyotga keng tatbiq etish, mikroxirurgiya, robot xirurgiyasi, nuklear tibbiyot, tibbiy genetika sohalarida jahon tibbiyotining eng soʻnggi yutuqlarini mamlakatimiz tibbiyotiga joriy etish, korrupsiya qarshi qatʼiy kurashishga asosiy eʼtibor qaratiladi.

***

Bir soʻz bilan aytganda, yangilanayotgan Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasidagi tizimli va ulkan islohotlar jadal kechmoqda. Birlamchi tibbiyotdan tortib, malakali kadrlar tayyorlashgacha boʻlgan jarayon mohiyatida xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlash kabi ezgu maqsad mujassam.

Xalqimizning hayotdan rozi boʻlishida, davlatimiz tomonidan yuritilayotgan siyosatga, islohotlarga nisbatan ishonchining mustahkamlanib borishida samarali va sifatli tibbiy xizmat muhim oʻrin tutadi. Shu bois soha taraqqiyotiga yoʻlidagi saʼy-harakatlar va tibbiyot xodimlariga boʻlgan eʼtibor kelgusida ham izchil davom etishi shubhasiz.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.