Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarhisob va istiqboldagi rejalar
09:05 / 2023-08-04

Jizzax viloyatida prokuratura say’-harakati bilan joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida 24 yangi loyiha ishga tushirilib, ijtimoiy daftarlarga kiruvchi va band bo‘lmagan aholining 144 nafari ish bilan ta’minlandi.

Viloyat prokurori Islomjon Ergashxodjayev raisligida prokuratura organlarining hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi joriy yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari, erishilgan muvaffaqiyatlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar, kelgusidagi vazifalarini belgilab olishga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda, viloyat prokuraturasi, Departament va Byuroning viloyat boshqarma boshliqlari hamda barcha tezkor xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda sohaning asosiy yo‘nalishlari hisoblangan jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi muammolarni hal etishga kompleks yondashilganligi ta’kidlandi.

Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida qo‘llanilgan 11 ming 952 prokuror nazorati hujjatlari asosida 3 ming 312 noqonuniy hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi, 23 ming 434 nafar shaxsning buzilgan huquqlari qayta tiklandi. Tekshirishlar va tergov ishlari davomida 94 milliard so‘mdan ortiq zarar undirildi.

Viloyat, shahar va tuman prokurorlarining tashabbusi bilan 25 milliard so‘mlik 24 loyiha ishga tushirilishi natijasida, 144 yangi ish o‘rinlari yaratilib, faoliyatini to‘xtatgan 240 tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qayta tiklandi.

Shuningdek, yig‘ilishda, o‘tgan davr mobaynida ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahliliy va tanqidiy ruhda muhokama etilib, ularni bartaraf etish va kelgusida yana takrorlanmaslik maqsadida aniq topshiriq va vazifalar belgilab olindi.

A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA