English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarhisob va istiqbol
10:51 / 2022-11-09

Mirzaobod tumani hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.  

Anjuman avvalida tuman hokimi Jonibek Yariyev boshchiligida jurnalist va blogerlar ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy texnologiyalar asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilayotgan issiqxona faoliyati bilan tanishtirildi.

Yaqinda ish boshlagan “Guliston gold yarn” MCHJ ta’sischilari Shveysariyaning “RIETER” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, loyihaning birinchi bosqichida yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi, zamonaviy ip yigiruv uskunalarini sotib olib kelishdi. Hozirda 600 dan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxonada 3 turdagi ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Jurnalist va blogerlar fabrika faoliyati, ishlab chiqarish va qadoqlash jarayoni, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Qiymati 35 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur loyiha to‘liq ishga tushirilishi bilan bu yerda gazlama to‘qish va to‘quv mahsulotlari ishlab chiqarish hamda tikuvchilik sexi tashkil etiladi.

"Agro eksport baraka" MCHJ issiqxonasining umumiy maydoni 7 gektar. Bu yerda asosan bodring yetishtiriladi. Ushbu mahsulotlar kelishuvga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi bozorlariga eksport qilinadi. Undan tashqari, tumandagi   mavjud issiqxonalarda yetishtirilayotgan shirin qalampir, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga ekilgan mosh va soya mahsulotlari ham eksportga yo‘naltirilgan.

Tuman hokimligida hokimning investitsiya va tashqi savdo   masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilmurod Sultonov hududning investitsion salohiyati, kichik va yoshlar iqtisodiy zonalarida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, kelgusida rejalashtirilgan ishlar, tuman hokimi Jonibek Yariyev hamda uning o‘rinbosari Dilshod Azimov tomonidan tuman markazini obodonlashtirish, xiyobonlar tashkil qilish bo‘yicha rejalar yuzasidan malumot berildi.

Hokimlikning katta majlislar zalida ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan jurnalist hamda blogerlar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

 

Sh. Suyarov,

Sh. Ortiqboyev,(suratlar)O‘zA.