Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarhisob: Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar o‘z natijasini bermoqda
18:13 / 2024-07-09

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Orolbo‘yi hududidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘istondagi 16 ta tuman va shaharlardagi 403 ta mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar asosida aholi turmush sharoitini  yaxshilash bo‘yicha o‘tgan bir oy mobaynida qator ishlar amalga oshirildi.

Ilk bosqichda 64 ta sektor kesimida ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, ishsizlik darajasini kamaytirish, yoshlar orasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar bo‘yicha oyma-oy «mahallabay» va «tumanbay» reja-grafiklari ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.  

Natijada ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida 8,7 kilometr yo‘l asfalt qilindi, 101 kilometr ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi. Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 126 ta transformator ta’mirlanib, 9 tasi yangidan o‘rnatildi. Simyog‘ochlar almashtirilib, qo‘shimcha 548 ta ustun, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

Aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun 50,2 kilometr  suv tarmog‘i tortildi. Bundan tashqari, 238 ta gaz taqsimlash punkti,  tarmoqlar kapital ta’mirlandi.  

Mahallalarning  ichki yo‘llari ko‘rkamligi uning obodligidan nishona. Shu ma’noda hududdagi 62 kilometr ichki ko‘chalar tartibga keltirilib, lotok, ariq, kanal va kollektor-zovurlar tozalandi.  

Orolbo‘yi hududi bo‘yicha jami 5 611 nafar fuqaroning  bandligi mavjud bo‘sh ish o‘rinlar, o‘zini o‘zi band qilish, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ekin yeri ajratish, kasb-hunarga o‘qitish orqali ta’minlandi.  

Joylarda aholi va yoshlar orasida tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish maqsadida mahalla «yettiliklari» bilan hamkorlikda  68,5 milliard so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishiga erishildi.  

Aholi sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash maqsadida  fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 721 nafariga davolanish uchun order berilib,  98 nafar bemorda bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

O‘tgan oy davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj «Ayollar daftari»dagi 4 mingdan ziyod xotin-qizga 1,6 milliard so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi. Bundan tashqari,  60 ga yaqin ishsiz xotin-qizga tikuv mashinalari, pishiruv pechlari, motokultivatorlar topshirildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

Mansur ABDUSATTOROV.

O‘zA