French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarhisob: O‘zMTDP fraksiyasi tashabbusi bilan uchta qonun loyihasi qabul qilingan
09:17 / 2022-07-29

Har bir siyosiy partiyaning dasturiy vazifalarini amalga oshirish mexanizmlaridan biri, asosiy dastagi — bu deputatlik birlashmalari hisoblanadi. Ya’ni, deputatlarning vakolatlaridan samarali foydalanish orqali partiyaning maqsad-vazifalarini amalga oshirish, hayotga tatbiq etish mumkin.

Bu borada O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiya tomonidan 2022 yilning birinchi yarmi davomida qonunchilik tashabbusi huquqi asosida 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, quyi palata muhokamasiga kiritildi va qabul qilinishiga erishildi.  

Shuningdek, Qonunchilik palatasi majlislarida dolzarb masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarning axborotini eshitish bo‘yicha tashabbus bilan chiqish, ular faoliyati ustidan ta’sirchan parlament hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, fraksiya tashabbusi asosida qonunlar, davlat dasturining ijrosi, shuningdek, hududlardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan tizimli kamchilik va muammolarni hal etishga qaratilgan 1 ta parlament so‘rovi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga 27 ta deputatlik so‘rovi yuborildi. 

Saylovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarga jiddiy e’tibor qaratilib, joylarda nazorat-tahlil tadbirlari, saylov okruglarida o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, fraksiya a’zolari tomonidan hududlarga chiqqan holda 2 marotaba nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazilib, ularda jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan qonun loyihalarining ijro etilish holati, joylardagi mavjud tizimli muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligi o‘rganib borildi. 

O‘rganishlar davomida 625 marotaba fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazildi. Mingdan ortiq xonadonga tashrif buyurilgan holda 181 ta tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro muloqot qilindi. Eng muhimi, saylov okruglaridagi uchrashuvlar va hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalaridan kelib chiqib, odamlarni bezovta qilayotgan dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

O‘zMTDP fraksiyasi faoliyatiga oid ushbu ma’lumotlar brifingda aytib o‘tildi. Shuningdek, brifingda OAV vakillari bilan hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tilar ekan, ushbu hamkorlik amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati, ularning joylardagi ijrosini xalqimizga to‘g‘ri va haqqoniy tarzda yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

 

M.Komilova, O‘zA