English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarhisob: munosiblar taqdirlandi
18:12 / 2024-12-30

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida viloyatda mavjud 544 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining 2024 yilgi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib,  viloyatda yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish orqali yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.  

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda viloyat aholisining 1 million 54 mingini yoshlar tashkil etayotgan bo‘lib, 14-30 yoshdagi 461 ming 4 nafar yoshlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Yoshlar balansi shakllantirildi hamda ular bilan individual tartibda yil davomida ish olib borildi. Og‘ir toifaga biriktirilgan 4 813 nafar yoshlarning 2 763 ta muammolari, 651 nafar huquq tartibot va mudofaa organlari mas’ulligidagi 186 369 nafar yoshlarning 8 881 ta muammolari hal etildi. Probatsiya va profilaktika hisobida turuvchi yoshlar ishtirokida 43 marotaba “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” o‘quv yig‘inlari tashkil qilinib, jalb qilingan 4 902 nafar yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va ularning dunyoqarashi o‘zgartirildi.  

Joriy yil davomida viloyatdagi 18 nafar yoshlar yetakchisi respublikaning top-100 yoshlar yetakchilari qatoridan o‘rin olgani, 9 nafar yoshlar yetakchisi esa xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylangani, 2 nafar yoshlar yetakchisi “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘lgani, 2 nafar yoshlar yetakchisi respublika bo‘yicha “Eng namunali yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lganligini alohida e’tirof etish lozim.

Tadbirda yoshlar yetakchilarining 2024 yildagi ish natijalari tahlil qilindi, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan faol yetakchilar mehnati munosib e’tirof etilib, galdagi vazifalar belgilandi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri