bugungi kunda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonun asosida shu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solish kuchaytiriladi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida yalpi majlis muhokamasiga kiritilishi kutilayotgan mazkur qonun ko‘rib chiqildi.
Yangi tahrirdagi qonun bilan Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarning o‘z vakolati doirasida belgilangan vazifalarni bajarishida yuzaga kelayotgan qator muammo va tushunmovchiliklarga barham berilib, ularning o‘zaro hamkorligi masalalari aniq belgilab qo‘yilayotgani qayd etildi.
Senatorlar, ekspertlar guruhi a’zolari, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, milliy gvardiya, mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari mas’ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar bugungi kun talabi ekaniga e’tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarni hisobga olgan holda Davlat chegarasi xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish sarhadlar mustahkamligiga, bu esa yurtimiz tinchligiga xizmat qiladi.
O‘zA