French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarf-xarajat 3 barobarga qisqaradi
11:32 / 2019-08-30

Xabar berilganidek, “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida vodiy ahliga bayramona tuhfa hozirladi.


Xabar berilganidek, “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida vodiy ahliga bayramona tuhfa hozirladi. Gap shundaki, qisqa fursatda umumiy uzunligi 45 kilometr bo‘lgan Pop – Namangan uchastkasi to‘liq elektrlashtirildi. 

Bugun mazkur liniya foydalanishga topshiriladi. Shu munosabat bilan keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, temiryo‘lchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari poytaxtimizning Janubiy vokzalidan Namangan temir yo‘l vokzali tomon yo‘l olmoqda. 

...Xalqimizning g‘ururi kabi baland, irodasi singari mustahkam, o‘y-maqsadlari yanglig‘ salobatli azim tog‘larni, necha-necha yangilanish va o‘zgarishlarga guvoh yo‘lni o‘z bag‘riga olgan Qamchiq dovonidamiz. Dovon orqali dengiz sathidan 2200 metr balandlikdan o‘tuvchi Angren – Pop temir yo‘l tarmog‘i bizni tobora gullar shahri Namanganga yaqinlashtirmoqda. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, biz yo‘l olgan Pop – Namangan temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish ishlari qisqa muddatda, sifatli amalga oshirildi. Xususan, ushbu masofada jami 690 ta tayanch ustuni va yana shuncha konsollar o‘rnatildi. 45 kilometrlik MF-100 rusumidagi kontakt simlari tortildi. Elektrlashtirish jarayoni Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Rauston, Namangan stansiyalari oralig‘ida olib borildi. Qurilish-montaj ishlari “1-son energomontaj poezdi“ unitar korxonasi, Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l stansiyasi ishchi-xodimlari tomonidan olib borildi. 

Endilikda mazkur uchastkada teplovozlarni zamonaviy elektrovozlarga almashtirish, yuk va yo‘lovchi tashish xarajatlarini kamaytirish, harakat tezligini sezilarli darajada oshirish imkoni yaratiladi. 

Tahlillarga ko‘ra, Popdan Namangangacha teplovozlar yoqilg‘i sarfi bilan solishtirganda elektrlashtirish ishlaridan so‘ng 3 barobarga qisqaradi. Ko‘rinib turibdiki, bu jarayon sarf-xarajatlarni kamaytirish bilan birga atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga ham xizmat qiladi. 

Saytimizni kuzatib boring, safar jarayonlari va taassurotlarini e’tiboringizga havola etib boramiz.