French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardorlar saylandi
12:32 / 2026-01-22

Buxoroda O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlari saylovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston bolalar tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan tadbir bolalarni har tomonlama yetuk, faol, mas’uliyatli va vatanparvar shaxs sifatida tarbiyalash, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Sardorlar saylovida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov va boshqalar so‘zga chiqib, yoshlarga omad va zafarlar tiladi. Tadbirda bolalar yetakchiligining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur saylov bolalarning ijtimoiy faolligini oshirish, sardorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kelajakda jamiyatga foydali, mas’uliyatli va tashabbuskor shaxslar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Viloyat bosqichida – tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan sardorlar viloyat sardorligi uchun bellashdi. Ushbu bosqichda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 117 nafar nomzod ishtirok etdi. Ishtirokchilar 9 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda o‘z salohiyati va sardorlik qobiliyatini namoyon etdi. Saylov yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan 9 nafar bola viloyat sardori etib saylandi.

Saylov yakunida viloyat sardorlariga hamkor tashkilot vakillari tomonidan “Ishonch yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.