Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardobalik oilalarning farzandlari "Zomin" oromgohida dam oldi
14:00 / 2022-08-15

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanilik Ortiqoy Gayfulina yolg‘iz ona. U "Bo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiladi.

Qaramog‘ida 2 nafar – kattasi 12 yosh, kichigi 10 yoshli farzandi bor.

– Turmush o‘rtog‘im vafot etgach, boquvchisiz qoldim, – deydi Ortiqoy Gayfulina. – Yelib-yugurgunib topganim ro‘zg‘orimga ba’zan yetar, ba’zan yetmas edi. Taqdir ekan, nolimadim. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Temir daftar" bizdek oilalar himoyachisiga aylandi. 

Ushbu daftar sabab muammolarim biroz bo‘lsa-da kamaygandik bo‘ldi. Bayram va hayitlarda yo‘qlab turuvchilar, saxovat ko‘rsatuvchilar ko‘paydi. Yaqinda kichik farzandimning orzusi ushaldi. U Xalq deputatlari tuman Kengashi,  "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sardoba tuman bo‘linmasi, uning huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi yordami bilan "Zomin" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olib, hordiq chiqarib qaytdi.

– "Zomin" bolalar oromgohi tog‘lar bag‘rida ekan, – deydi "Ravot"lik Shahzoda Xo‘rozova. – Men u yerda ko‘plab do‘stlar, dugonalar orttirdim. Biz u yerda “Ozod yurt bolalarimiz”, “Sog‘ tanda, sog‘lom aql” shiorlari ostida sog‘lomlashtirish tadbirlarida qatnashdik.  Shaxmat, shashka, arqon tortish kabi sport musobaqalarida kuch sinashdik.

Bolalarning taassurotlari bir olam. Muhimi, ularning onasi va yaqinlari oromgoh sabab, yoz, bu yil farzandlari uchun soz o‘tganligini suhbatlari davomida aytib o‘tishdi.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA