Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardobalik ishbilarmon ayollar
14:27 / 2025-07-15

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” Davlat dasturi doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida Sardoba tumanida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati va Sardoba tumani Kengashlari tomonidan tashkil etildi. Unda mahalliy iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan 16 nafar xotin-qiz ishtirok etdi.  

Ishtirokchilarning faoliyati sun’iy gulchilik, to‘quvchilik, shirinlik tayyorlash, asalchilik, savdo, servis va kasanachilik kabi yo‘nalishlar, shuningdek, ijtimoiy loyihalardagi ishtiroki va innovatsion yondashuvlari asosida baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, qo‘g‘irchoq va quroq mahsulotlari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan Marziya Rahimova 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Kashtachilik sohasida mehnat qilayotgan Halima Beknazarova hamda Ra’no Umrzoqova mos ravishda 2- va 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “Investitsiya jalb qilishda tashabbuskor ayol”, “Eng yosh tadbirkor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” va “Zamonaviy tashabbuskor ayol” nominatsiyalari bo‘yicha faol va tashabbuskor ayollar alohida taqdirlandi.

G‘olib va sovrindorlarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘ulom Primov,

Shahriyor Ortiqboyev (surat) O‘zA muxbirlari