Sardobalik bolalar oʻrtasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan tanlov oʻtkazilgan kun bayramona tashkil qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan joriy yilning Sardoba va Mirzaobod tumani bolalari oʻrtasida ularning boʻsh vaqtlarini unumli tashkillashtirish hamda ragʻbatlantirish maqsadida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Sirdaryoning Yangiyer shahridagi Pedagogika kasb-hunar kolleji binosida 400 dan ziyod Sardoba va Mirzobod tumanlarining vaqtincha evakuatsiya qilingan aholisi oʻz farzandlari bilan istiqomat qilishmoqda. Pedagogika kasb-hunar kolleji binosida karantin talablarini saqlagan xolda 80 nafardan ziyod 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida “Meningmahallam”, ”Mening oilam” va “Biz birgamiz” mavzusidagi rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan tanlov oʻtkazilgan kun bayramona tashkil qilindi. Bolalarning oʻz mahallasi aholisi bilan katta oila boʻlib yashayotgan ushbu kunlarini shodlikka va xursandchilikka toʻla oʻtishi uchun harakat qilindi.
Tanlov bolalarning yoshiga qarab, ikki guruhga boʻlingan holda tashkil etildi. Tanlov natijalariga koʻra, har bir guruh gʻoliblari alohida mukofotlandi. Shuningdek, tanlovning barcha ishtirokchilarga sovgʻa-salomlar topshirildi.