Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardobadagi islohotlar
15:17 / 2023-07-25

Respublika nashrlarining viloyat muxbirlari, viloyat matbuot nashrlari bosh muharrirlari, faxriy jurnalistlar ishtirokida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi Sardoba tumanida press-tur uyushtirildi. Unda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov qatnashdi.

Ishtirokchilar qadimiy suv saqlash inshooti – 1585-1590 yillar oralig‘ida cho‘l qo‘ynida barpo etilgan sardoba obidasini ziyorat qildi va tuman Madaniyat va turizmni rivojlantirish bo‘limi qoshidagi badiiy to‘garak a’zolari tomonidan ijro etilgan konsert dasturidan bahramand bo‘ldi. Shu bilan birga “Sardoba universal klaster” mas’uliyati cheklangan hissadorlik jamiyatida, Agromarkazda bo‘lib, Xitoy bilan hamkorlik doirasida bunyod etilayotgan “Ip kalava qayta tayyorlash” fabrikasi qurilishi bilan tanishdi. Klasterga qarashli Agromarkazda O‘zJU hududiy bo‘limining kengaytirilgan yig‘ilishlari o‘tkazildi. Shu yerda Sardoba tumani hokimi Akmal Mirzayev bilan jurnalistlar suhbati bo‘lib o‘tdi.

–Amalga oshirilayotgan islohotlarning keng ommaga targ‘ib etilishi, ob’ektiv tahliliy-tanqidiy maqolalardagi taklif va mulohazalar bizni yanada qat’iy, teran faoliyat yuritishga undaydi. Bir yildirki, qayta qad rostlayotgan “Sharafli yo‘l” gazetasini nashr muassisi sifatida bundan buyon ham doimo qo‘llab-quvvatlab turamiz, tuman gazetasi sardobaliklar uchun ham kerak. Yaqinda men Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldim. Ushbu rivojlangan davlatning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzilishida ishtirok etib, shunga amin bo‘ldimki, Sardoba tumanida ham sanoatni va biznesni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni bemalol amalga oshirsa bo‘ladi, – dedi suhbat chog‘ida tuman hokimi.  

– “Xalqobod” mahallasidagi Yoshlar va kichik sanoat zonasi hududida “Ip kalava mahsulotlari qayta ishlash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 15 million dollar bo‘lib, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘i 9 million dollar, o‘z mablag‘i esa 6 million dollar. Xullas, barcha harakatlarimiz kelgusida sardobaliklarni hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga qaratilgan.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA