English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardobada jabr ko‘rgan fuqarodan pora olgan mahalla raisi sudlandi
11:53 / 2022-02-24

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Saxovat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B.D.ning “Sardoba suv ombori” to‘g‘oni yorilishi oqibatida yashash xonadoniga jiddiy zarar yetgan.

U yashashga sharoiti yo‘qligini mahalla fuqarolar yig‘iniga kelib ma’lum qilish bilan birga uy-joy qurish uchun yer uchastkasini ajratishda ko‘mak so‘raydi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sh.B. esa yer uchastkasini ajratish o‘zining vakolati doirasiga kirmasa-da, fuqaroga katta va’da beradi. Unga tuman hokimligida tanishlari borligi, ular yer ajratishda yordam berishini aytadi. Buning evaziga pora berish kerakligini ham ma’lum qiladi.

2020 yil iyul oyida Oqoltin tumani, “Saxovat” mahallasida joylashgan dala shiyponida oqsoqol B.D.dan 300 AQSH dollari miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Ammo aytilgan ishni hal qilmay, mablag‘ni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.

Ikki karra jabrlangan fuqaro esa bu haqda huquq-tartibot organlariga ma’lum qiladi.

Sirdaryo viloyati sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Bobosher Qurbanovning ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Sud tomonidan sudlanuvchiga Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “v” bandi, 28, 211-moddasining 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 45, 59-moddalariga asosan 3 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni mahalla raisi va mahalla idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, sutkaning soat 21.00dan 06.00 ga qadar yashash joyidan chiqishi cheklangan holda 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zA