Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardoba tumanidagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanmoqda
10:52 / 2022-02-14

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan hududlarda qurilish va ta’mirlash, arxitektura qiyofasini yangilash, obodonlashtirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»lari ishlab chiqilgan.

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida dastur doirasida 2 ta – 3-sektor hududidan «Fayzliobod» va 4-sektor hududidan «Zomin» mahallalari tanlab olinib, mahallalarda tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Fayzliobod mahallasida jami 36 ta ikki qavatli 312 ta xonadonli uylar mavjud bo‘lib, ushbu uylarda 624 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu hududda hozirda aniqlangan noqonuniy qurilmalarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xatlari tarqatib chiqilgan.

Ko‘p kvartirali turar joylar toifasiga kiruvchi 28 ta uyning fasadi uchun 2 mlrd. 371 mln. so‘m, 16 ta uyning tom qismini joriy ta’mirlash va tarnov o‘rnatish ishlari uchun jami 688,7 mln. so‘m, 20 ta uyning kirish podezdlarni ta’mirlash ishlariga 28 mln so‘m, 20 ta uyning pod’ezdlarga temir eshiklar o‘rnatish ishlari uchun 42 mln. so‘m mablag‘lar sarflanishi rejalashtirilayapti.

Shuningdek, boshqa – 13 ta tandirxona va 22 ta hojatxona qurish uchun 1 mlrd. 605 mln. so‘m sarflanishi hisoblangan.

Sh.Suyarov, O‘zA