Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardoba tumanida yoshlar uchun moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
10:53 / 2025-12-18

Agrobank tomonidan yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yoshlar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga biznesni tashkil etish va uni rivojlantirish bosqichlari, yoshlar uchun mo‘ljallangan bank mahsulotlari va xizmatlari, shuningdek, yoshlarga oid amaldagi davlat dasturlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

 Tadbir ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutaxassislardan atroflicha javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.  

Mazkur seminar yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga rag‘batlantirish va ularning kelgusidagi rejalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.