Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardoba toshqinidan jabrlanganlarga qariyb 187 milliard so‘m moddiy yordam berildi
19:17 / 2021-01-28

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O‘lmasjon Mamadaminov ma’lum qildi.

– Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan 4 ming 790 nafar aholiga 186,6 milliard so‘m moddiy yordam mablag‘i plastik kartalarga tushirib berildi, – dedi O‘.Mamadaminov. – Shundan, 4 ming 541 fuqaroga 181,6 milliard so‘m (40 million so‘mdan) va 249 fuqaroga 5 milliard so‘m (20 million so‘mdan)dan berildi.

Qayd etilishicha, toshqin oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun 52,5 gektar yer maydoni tanlanib, 2 ming 640 ta xonadondan iborat 86 ta ko‘p qavatli turar joy qurildi. Mazkur ko‘p qavatli uylarning narxi shartnoma bo‘yicha 855,4 milliard so‘mni tashkil etadi. Xonadonlar respublika, viloyat va tuman ishchi guruhlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan adolatli o‘rganilib, qur’a tashlash yo‘li bilan egalariga topshirildi.

O‘zA