English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SARDOBA: 10 ming 200 dan ziyod isteʼmolchi elektr tarmogʻiga qayta ulandi
20:20 / 2020-05-08

Sardobaga kelgan ofat nafaqat aholi uy-joyiga, balki koʻplab tashkilotlar faoliyatiga jiddiy zarar keltirdi.

Sardobaga kelgan ofat nafaqat aholi uy-joyiga, balki koʻplab tashkilotlar faoliyatiga jiddiy zarar keltirdi. Bunda birgina elektr tarmoqlarini olaylik. Hozir shu hududdagi nimstansiyalar, elektr simlarining aksariyati yaroqsiz holga kelgan.

Bugungi kunda tumanlardagi talafotlarni bartaraf etish ishlari qatorida elektr energiya tarmoqlarini taʼmirlash ishlari ham jadal olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatining qator hududlarida izdan chiqqan elektr energiyasi taʼminotini tiklash ishlariga ham erishildi. Bu ishlarga tarmoqdagi 100 dan ortiq ishchi-xodim bu yerdagi taʼmirlash-tiklash ishlariga safarbar etilgan. 50 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan. Sirdaryolik hamkasblarga Fargʻona, Andijon, Namangan va boshqa viloyatlardan zarur texnika vositalari bilan mutaxassislar ham koʻmakka kelgan.

– Oqoltin tumanidagi “Shodlik” MFY aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 10 kVli “Istiqlol” havo tarmogʻini tekshirish va zarar koʻrgan elektr jihozlarini yangilash boʻyicha ishlar olib borildi, – dedi “Sirdaryo HETK“ AJ bosh muhandisi Zafarbek Tursunmuratov. – Tuman elektr tarmoqlari xodimlari “A.Tairov” nimstansiyasida tozalash hamda yaroqsiz elektr uskunalarini tekshirish ishlarini bajarmoqda.

Mirzaobod tumanidagi “Doʻngariq”, “Yangiyoʻl” MFYlari hududidagi xonadonlar ham elektr energiyasidan uzilib qolgan edi. Tuman elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari tezkorlik bilan 4 transformator punktini taʼmirladi.

Tumandagi “Haqiqat” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ham talafot oqibatida elektr energiyasiz qolgandi. 35/10 PS Toshkent 10 kVli “Doʻngariq” havo tarmogʻiga qoʻshimcha 1,8 kilometr uzunlikdagi havo tarmogʻi montaj qilinishi natijasida mazkur mahalla aholisi toʻliq elektr energiyasiga qayta ulandi.

– Suv toshqinining talafoti juda yomon boʻlar ekan, – dedi “Haqiqat” MFY fuqarosi Akmaljon Togʻayev. – Koʻrgan ofatimiz shu boʻlsin. Xalqimiz daldasi va yordami bizga qayta kuch berdi. Harbiylar deysizmi, elektriklar, koʻngillilar deysizmi, hamma-hammasi birdamlikda talafotni bartaraf etmoqda. Elektr tarmoqlariga zarar yetib, mahalla butunlay chiroqsiz qolgandi. Mana, hozir yana qayta tiklandi. Barcha fidoyi hamyurtlarimizga oʻz tashakkurimizni bildiramiz.

Muxtasar aytganda, hududdagi 10 ming 200 dan ziyod isteʼmolchining elektr tarmogʻiga qayta ulanishi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasining hamjihatligi samarasidir.

Nasiba ZIYODULLAYEVA, OʻzASARDOBA: 10 ming 200 dan ziyod isteʼmolchi elektr tarmogʻiga qayta ulandi