Saratovda ko‘p qavatli turar-joy binosida gaz portladi
Bugun Rossiyaning Saratov shahri Blinova ko‘chasidagi ko‘p qavatli turar-joy majmualarining birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Gaz-havo aralashmasining portlashi oqibatida binoning yuqori qavatlariga jiddiy zarar yetgan.
Ta’kidlanishicha, voqeada uch kishi halok bo‘lgan. Vayronalar ostida yana qurbonlar bo‘lishi mumkin.

Mazkur voqea haqida ijtimoiy tarmoqlardagi tasvirlarda ulkan beton bo‘laklari ko‘cha bo‘ylab tarqalib yotgani va bir qancha avtomobillarga ziyon keltirgani aks etgan.

Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin voqea joyiga darhol yetib borgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda xizmat xodimlari bugun tozalash ishlarini yakunlab, ertaga butun uyni tekshirishga kirishmoqchi.

Rus matbuotida yozilishicha, baxtsiz hodisaga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.
O‘.Alimov, O‘zA