Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saratonga qarshi kurashda yangi texnologiya – olmosli nanodetektorlar
10:13 / 2025-09-02

Britaniyalik olimlar ko‘krak bezi saratonini aniqlash bo‘yicha mutlaqo yangi va xavfsiz usulni ishlab chiqishdi. Bu usulda mikroskopik olmos zarralari ishlatiladi va ular limfa tugunlarida saraton qanday tarqalayotganini aniq ko‘rsatadi.

Oldin bunday holatni aniqlash uchun radioaktiv moddalar yoki maxsus bo‘yoqlardan foydalanilgan. Ammo bu usullar xavfli bo‘lib, bemorda allergik reaksiya chaqirishi va qattiq xavfsizlik choralarini talab qilishi mumkin edi.

Yangi texnologiyada esa olimlar magnitli maxsus suyuqlikni o‘simta atrofidagi to‘qimalarga yuboradi. Bu suyuqlik saraton hujayralari bilan birga limfa tugunlariga harakat qiladi. Uning yo‘lini kuzatish uchun olmos zarrasi o‘rnatilgan juda kichik sensorlar ishlatiladi.

Olmos ichida joylashgan NV-markazlar deb ataluvchi bo‘limlar juda sezgir. Ular hatto eng zaif magnit maydon o‘zgarishini ham sezadi. Shu orqali shifokorlar saraton qayerga tarqalganini aniq ko‘rib, aynan qaysi limfa tugunlarini olib tashlash kerakligini aniqlay olishadi.

Bu texnologiya nafaqat aniqlikni oshiradi, balki bemor uchun xavfsizroq hamdir. Bu saratonni erta aniqlash va davolashda yangi davrni boshlab beradi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xYOhDPNqxfk?si=gett40-jxirvXb34" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA