FOTOREPORTAJ
Toshkent shahridagi “Achaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 97 yoshli Abbos ota Apponov bugungi tinch va farovon kunlar uchun shukrona aytishdan charchamaydi. Davlatimiz tomonidan faxriylarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun.
Abbos ota 1942 yilda frontga ketib, yurt tinchligi va xalqimizning saodatli kunlari uchun mardonavor kurashgan.
Urushdan qaytgach poytaxtimizdagi 29-umumta’lim maktabida uzoq yillar yosh avlodga ta’lim-tarbiya bergan. Yetti nafar farzandni el koriga kamarbasta insonlar etib ulg‘aytirgan. Hozirda farzandlari, 30 ga yaqin nevarayu 10 dan ziyod evaralari ardog‘ida keksalik gashtini surmoqda.
– Tinchlik ulug‘ ne’mat, - deydi Abbos ota. – Yaratganga shukur, bugungi dorilomon kunlarni ko‘rish nasib etdi. Biz, keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yoshimizga yosh qo‘shmoqda. Ilohim, farovonligimiz bardavom bo‘lsin.
[gallery-6997]
Nosirjon HAYDAROV, O‘zA