Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Saodat" - bir asrlik jurnal (+video)
19:05 / 2025-12-15

Bugun har bir sahifasida o‘zbek ayolining siymosi, milliy qadriyatlar, oilaviy rishtalar, ayolning ulug‘vorligi, xotin qizlar huquqlari haqida yillar davomida yoritib kelgan “Saodat” jurnali yuz yoshni qarshiladi. Ushbu jurnalning bir asrlik yubileyi yoshlar ijod saroyida tantanali tarzda nishonlandi.

Jurnal o‘z tarixi davomida, eng avvalo, adabiy qadriyatlarni, ayollik olamini, oila sha’nini muhofaza qilgan. Ayolning ulug‘vorligi va doim yuksak maqsadlar sari intilishi “Saodat”ning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. O‘zbekiston xalqi bugun haqli ravishda faxrlanayotgan jurnal sanoqsiz ijodkorlarga ilhom manbai bo‘lgan.  

Ushbu ijtimoiy-siyosiy, badiiy ayollar jurnali tarixiga nazar tashlasak, unga bir asr davomida O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan ayollari, yozuvchi va jamoat arboblari rahbarlik qilganlar. Jurnalda Zulfiyaxonim, Oydin Sobirova, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva, Feruza Jalilova kabi ko‘plab taniqli ijodkorlar ishlagan.  

Hozirda ham "Saodat" jamoasi muxlislar, o‘quvchilariga sodiq, jurnal an’analariga sadoqat bilan ishlamoqda. Ayni vaqtda "Saodat" jurnaliga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibasi, taniqli va iste’dodli shoira – Munavvara Usmonova Bosh muharrirlik qilib kelmoqda.  

Biz ham fursatdan foydalanib, ushbu bir asrlik jurnalimizning faoliyatiga omad tilab qolamiz. Jurnal yana ko‘p asrlar davomida o‘zbek ayollarining sevimli dugonasiga aylanishiga tilakdoshmiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P21_lXSmXqk" title=""Saodat" - bir asrlik jurnal" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA