Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saodat – ayollar ovozi (+video)
17:00 / 2025-12-18

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi muassisligidagi “Saodat” jurnalining 100 yillik yubileyi munosabati bilan nashr etilgan “Saodat – ayollar ovozi” nomli to‘plam taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Jurnal o‘z sahifalarida xotin-qizlar hayoti, quvonchlari, tashvishlari, ijtimoiy-ma’naviy masalalarni yoritib, ma’rifat, adabiyot, tarbiyaga xizmat qilib kelayotgan qadrli manba sifatida e’tirof etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Saodat” jurnali o‘zbek xotin-qizlari ma’naviyati, oila tarbiyasining ajralmas qismiga aylangani barobarida milliy adabiyotimizning boy ijodiy merosi va tarixi orqali mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qilayotganini e’tirof etdilar.

Bir asrlik shonli yo‘lni bosib o‘tgan jurnal milliy qadriyatimiz va mentalitetimizga sodiq xolda nafaqat o‘zbek eliga, balki qardosh xalqlar xonadonlariga ham ziyo taratib, ma’naviyat va ma’rifat ulashib, ajdodlarga munosib tarbiyani targ‘ib etib kelmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2D5mrjTAE6s" title="Saodat – ayollar ovozi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA