Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoatda zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishning yangi quvvatlari tashkil etiladi
09:42 / 2024-01-09

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi. Xususan, “Prekursorlarni ishlab chiqarish jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamalarga, takliflarga boy bo‘ldi.

Qayd etilganidek, hozirgi kunda mamlakatimizda kaliy sulfat, kolloksilin, ammofos, monoammoniy fosfat kabi import o‘rnini to‘liq bosuvchi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Sulfat kislotasi va xlorid kislotasi ushbu kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishning asosiy xomashyosi hisoblanadi. Lekin xlorid va sulfat kislotasi tegishli tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yetkazib berilishiga qaramasdan, yildan-yilga unga qo‘shimcha talab ortib boryapti. Shu munosabat bilan kimyo sanoatida ushbu kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishning zamonaviy yangi quvvatlarini tashkil etish ehtiyoji paydo bo‘ldi.  

Qonun loyihasida mazkur moddalarni O‘zbekiston sanoatiga ehtiyoj darajasida ishlab chiqarish uchun imkoniyatlar berish nazarda tutilgan. Fraksiya a’zolari loyihaning zarurati va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, ayrim normalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi.  

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi kimyo sanoatida xlorid va sulfat kislotasi ishlab chiqarishning zamonaviy yangi quvvatlarini tashkil etish orqali respublikadagi talabni qondirishga xizmat qiladi.  

 

M.Komilova,

O‘zA