Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 65 foizga yetkazilgan
12:24 / 2025-12-26

Mamlakatimizda sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoat korxonalarida mahalliy xomashyo va butlovchi qismlardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar izchil hayotga tatbiq etilmoqda.

Shu yil yanvar-sentyabr oylarida 1 ming 814 ta loyiha doirasida 78 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Xususan, ushbu ko‘rsatkichlarning 49 foizi tarmoq korxonalarga, 51 foizi esa hududiy korxonalarga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi o‘rtacha 65 foizga yetkazilgan.

Buning natijasida import o‘rnini bosish samaradorligi 6 milliard dollarni tashkil etib, 1,1 milliard dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, ushbu loyihalar hisobiga 9 ming 864 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Bular haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.  

Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining “Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Eshituvda sohadagi ishlar tahlil qilinib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA