Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda Sirdaryoda sanoat, servis, qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Hudud iqtisodiyotiga innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar olib kirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
So‘nggi yillarda viloyatda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan 500 million dollarlik 31 ta korxonada 5 ming aholi yuqori daromadli ishlarda mehnat qilyapti.
Xitoylik hamkorlar bilan yana 700 million dollarlik 40 ta loyiha bo‘yicha ishlar jadal ketmoqda.
Yangiyer, Guliston va Shirin shaharlari, Sirdaryo, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos hisobidan Sirdaryo erkin sanoat zonasi hududi 1 ming 80 gektarga kengaytirildi.
Endilikda sanoat zonasining har bir qarich yerida faqat va faqat yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalarning joylashishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zA