Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat zonasi hududida yo‘llar qurilmoqda
17:26 / 2024-04-16

Paxtaobod tumani «Do‘stlik» massividagi Hayotbaxsh mahallasi hududida umumiy qiymati 130 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida to‘qimachilikka ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil etilmoqda.

Ayni kunda umumiy maydoni 55 gektarni tashkil etadigan mazkur sanoat zonasi kommunikatsiya tarmoqlari – elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish, umuman, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yo‘lsozlar tomonidan sanoat zonasiga olib boruvchi yo‘l asfaltlanmoqda, shuningdek, hududning ichki yo‘llarini qurish ishlari olib borilmoqda

–Sanoat zonasi hududida jami 4,2 kilometr uzunlikda yo‘l qurish ishlarini amalga oshirish belgilangan, – deydi Andijon Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi rahbari Jahongir Dilshodov. – Ayni kunlarda mutaxassislarimiz tomonidan uch qoplamali yo‘lning asosini tayyorlash, ostki qismini mustahkamlash, chetlariga lotoklar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonda ishlarning sifatli amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Darhaqiqat, Andijon Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan sanoat zonasida yo‘llarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarnining sifati doimiy nazorat qilib borilmoqda. Hududdagi yo‘llarga yotqizilayotgan asfalt qoplamasi tarkibi, sifati, yo‘lning texnik holati maxsus uskunalar yordamida tekshiruvdan o‘tkazib borilmoqda.  

[gallery-16950]

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur sanoat hududida yo‘l qurilishi uchun jami 18 milliard 138 million so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. O‘tgan 2023-yilda 6 milliard 400 million so‘mlik ishlar bajarilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragi davomida 2 milliard 800 million so‘mlik  ishlar amalga oshirildi.  

2025-yilda to‘la foydalanishga topshirilishi belgilangan mazkur sanoat zonasiga ko‘plab istiqbolli loyihalar joylashtiriladi, o‘n mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari