Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat zonalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi
11:37 / 2025-12-23

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sanoat zonalarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi sanoat zonalari direksiyalari sanoat zonalari ishtirokchilarining xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish (sanoat ipotekasi) uchun yer uchastkalarining ijara huquqi bilan ulushdor bo‘lib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ushbu qarorning bajarilishini samarali tashkil qilish uchun mas’ul va shaxsan javobgar hisoblanadi. 

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sanoat zonalari direksiyalari sanoat zonalari ishtirokchilarining xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish (sanoat ipotekasi) uchun yer uchastkalarining ijara huquqi bilan ulushdor bo‘lib kirish tartibini belgilaydi. 

Direksiyalar sanoat zonalari ishtirokchilarining xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish (sanoat ipotekasi) uchun tadbirkorlik sub’ektlarining roziligi asosida yer uchastkalarining ijara huquqi bilan ulushdor bo‘lib kiradi. 

Ulushdorlik sanoat zonalari hududida faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari negizida sanoat zonalari ishtirokchilarining xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish (sanoat ipotekasi) uchun loyihalarni joylashtirish maqsadida tashkil etiladi. 

Sanoat zonalariga sanoat zonalari ishtirokchilarining xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish (sanoat ipotekasi) uchun yer uchastkalarining ijara huquqi bilan ulushdor bo‘lib kirish qiymati 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihalari uchun amal qiladi. 

Sanoat zonalari hududida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish uchun qiymati 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish, tayyor bino va inshootlarni qurish (sanoat ipotekasi) uchun sanoat zonalarida yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratiladi hamda ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqining bozor qiymati xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga direksiyaning ulushi sifatida kiritiladi.

O‘zA