Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat va qurilish ko‘rsatkichlari oshdi
14:49 / 2026-01-05

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida o‘tgan 2025 yil davomida sanoat va qurilish sohalarida barqaror o‘sish qayd etildi. Bu haqda tuman statistika bo‘limi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Anjumanda ta’kidlanishicha, yil boshidan buyon tuman sanoat korxonalari tomonidan jami 453,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Natijada sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’ati 105,6 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti hajmi 5 million 568 ming so‘mga yetgan bo‘lib, ushbu sohada kichik biznes sub’ektlarining ulushi 104 foizni tashkil qildi.

Shu bilan birga, qurilish tarmog‘ida ham ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Tuman qurilish korxonalari tomonidan 137,6 milliard so‘mlik ishlar bajarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,3 foizga o‘sdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan qurilish ishlari hajmi 1 million 688,5 ming so‘mni tashkil etdi. Qayd etilishicha, sohada kichik biznesning ulushi ham sezilarli bo‘lib, 115,4 foizga yetgan.  

Matbuot anjumanida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddi rahbar va mutaxassislardan batafsil va asosli javoblar olishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri