Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sanoat uchburchagi” dasturi kutilgan natija bermoqda
13:20 / 2025-10-04

Prezident topshirig‘i amalda

Prezidentimizning 2024 yil 14-15 oktyabr kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida “Sanoat uchburchagi” dasturini ishlab chiqish hamda 5 ta shahar va tumanlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni “shatakka olish” tizimi bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Shunga asosan 2024 yil noyabr oyida Olmaliq shahrida kombinatning import mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda respublikadagi yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari hamda Piskent va Ohangaron tumanlarida faoliyat yuritayotgan korxona vakillari bilan ham hamkorlikda samarali ishni tashkil qilish belgilangan edi. 

Bugungi kunda esa OKMK “Sanoat uchburchagi” dasturi doirasida Toshkent viloyatida joylashgan ko‘plab korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, joriy yilning 9 oy yakunigacha 25 ta korxona “shatakka olish” tizimiga olinib, 966 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 

Xususan, Ohangaron shahrida joylashgan “Steel pipe company” MCHJ tomonidan OKMKga 600 tonnaga yaqin 5,3 milliard so‘mlik mahsulot yetkazib berdi. Korxona tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar kombinatning asosiy ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlatilmoqda. 

Mazkur korxona 2018 yil tashkil etilgan bo‘lib, to‘g‘ri chokli elektr payvandlangan po‘lat quvurlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Oylik mahsulot tayyorlash hajmi 2 ming 500 – 3 ming tonnani tashkil etali. O‘tgan davrda OKMK bilan hamkorlik boshlangandan so‘ng, ushbu ko‘rsatkichlar 50-60 tonnaga oshgan.

Umuman olganda, tadbirkorlik sub’ektlari va sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishga xizmat qilayotgan mazkur tashabbus, transport xarajatini 20-30 foizga, tannarxni esa 5-10 foizga kamayishini ta’minladi.  

“Sanoat uchburchagi” dasturi doirasidagi “shatakka olish” tizimi mahalliy korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, yangi imkoniyatlar eshigini ochish va mamlakatimizda barqaror taraqqiyotni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

A. Musayev, O‘zA.