O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sanoat sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi qo‘shma tashabbuslar texnologiya almashinuvi va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida Xitoyning “Beijing Jinshengyuan New Energy Technology” kompaniyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda so‘z yuritildi.
Unda tomonlar hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Xususan, ishlatilgan simobli katalizatorlarni tiklash va qayta ishlash loyihasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Korxona vakillari ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida xitoylik mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ishlashga, ma’lumot va tajriba almashishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.
Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur uchrashuv va korxona faoliyati bilan tanishuv hamkorlikning yangi bosqichiga poydevor yaratib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tufayli ekologik xavfsizlikni ta’minlash muhim o‘rin tutadi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA