Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat sohasida ekologik vaziyat yaxshilanadi
17:20 / 2023-07-21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ayrim sanoat sohalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish va muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Mazkur qarorga ko‘ra, sohalar va tarmoqlarda ekologik vaziyat yaxshilanib, chiqindilarning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’siri kamaytirilib, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishga keng yo‘l ochiladi. Ya’ni:

“yashil” texnologiyalardan foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi texnologiyalarni va xavfsiz kimyoviy moddalarni qo‘llashga o‘tish bo‘yicha qurilish materiallarini ishlab chiqarish (“Ohangaronsement” AJ hamda “Knauf Gips Farg'ona” MCHJ misolida);

metallurgiya sanoati (“Olmalik KMK” AJ misolida); kimyo sanoati (“Maxam-Chirchiq” AJ misolida); 

to‘qimachilik sanoati (“Zelal Tekstil” MCHJ XK misolida) atrof-muhit ob’ektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq – yer qa’ri va bioxilma-xillik) antropogen ta’sir va boshqa salbiy ta’sir qiluvchi omillardan himoya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ekologik jihatdan eng kam xavf tug‘diruvchi materiallar, mahsulotlar, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqa ob’ektlardan ustuvor ravishda foydalanish; 

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish; 

“yashil” iqtisodiyot va “yashil” o‘sish tamoyillarini joriy etish; 

aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda hosil bo‘ladigan chiqindilarni “nol” chiqindi tamoyili asosida to‘liq qayta ishlashga yo‘naltirish; 

korxona va unga tutash hududlarda tuproq unumdorligini hisobga olgan holda iqlimga mos “yashil belbog‘”larni barpo etish; 

suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda, yog‘ingarchilik davrida bino va inshootlarning tom qismlarida hosil bo‘ladigan suvdan keyinchalik sug‘orish va obodonlashtirish maqsadlari uchun foydalanish; 

qayta tiklanuvchi energiyani joriy etish va o‘ziga tegishli bo‘lgan xizmat avtotransportlarini bosqichma-bosqich elektromobil va gibrid avtomobillarga almashtirish; 

ish jarayonida hujjatlar almashinuvi qog‘oz shaklidan to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.

2023 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikadagi atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlarini amalga oshirayotgan sub’ektlar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan ekologik audit o‘tkazish ishlari  tashkil etiladi, “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy ta’sirchan monitoring o‘rnatiladi.

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va tegishli tashkilotlar tomonidan 2023 yil 1 dekabrga qadar atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda paxta tozalash korxonalarida yuqori samarador chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi.

O‘zA