English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi
10:15 / 2026-01-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sanoat loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, Respublika hududida sanoatni rivojlantirish, sanoat loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaytiriladi va qo‘shimcha zaxiralar yaratiladi hamda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida sanoat tarmoqlarida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, investitsiya loyihalarini, shu jumladan, sanoat ipotekasi tizimi orqali moliyalashtirish uchun Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasining 185 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘shimcha mablag‘lari shakllantiriladi. 

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ochilgan kredit liniyalarini maqbullashtirish orqali 185 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ sanoat loyihalarini moliyalashtirish uchun 2026 yilda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasiga qayta taqsimlashga ruxsat beriladi. 

Mazkur moliyaviy resurslar doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 18 dekabrdagi "Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi PQ-397-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zA