Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat korxonalaridagi muammolar o‘rganildi
15:28 / 2025-09-09

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Samadov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida bir qator mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida sanoatda qo‘llaniladigan turli havo filtrlari va isitish radiatorlari ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Korxonalarda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi hamda aniq vazifalar yuklatildi.

Hamroz Bayanov, O‘zA