Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat korxonalarida taktik mashg‘ulot
16:04 / 2023-05-25

“Qultak”, “pomuq”, “alan” gaz konlarida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti avvalida, ob’ekt rahbari korxona faoliyati, ob’ekt hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmalarini hamda kuch va vositalarining to‘g‘ri harakati xususida qisqacha ma’lumot berdi.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilari mehnat muhofazasi yo‘nalishida texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazilgan bo‘lsa, 100 ga yaqin maxsus texnikalar uchun ob’ektning ma’muriy binosi oldida saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashg‘ulot rejasiga ko‘ra, “Pomuq”, “Alan” va “Qultak” gaz konlari atrofida 5 ta o‘quv nuqtasi belgilab olinib, unda hududda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan qutqaruv ishlarini amalga oshirishda hamkorlikdagi xizmatlarning kuch va vositalarini hamda ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi shayligini oshirish asosiy maqsad etib belgilangan.

O‘quv nuqtalarida, sodir bo‘lgan shartli zilzila (avariya) haqida ob’ekt rahbari va fuqaro muhofazasi tuzilmalariga xabar berish, ob’ekt ishchi va xizmatchilarini evakuatsiya qilish, ob’ekt hududiga noma’lum terrorchi shaxslar tomonidan hujum bo‘lganda kuch ishlatar tuzilmalarning jangovar harakatlanishlari, sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda jalb etilgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tezkor harakatlari, shuningdek, zilzila oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarni xavfli hududdan olib chiqishdagi harakatlari viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Avariya-qutqaruv guruhi va ob’ekt fuqaro muhofazasi  tuzilmalari tomonidan amaliy bajarildi.

O‘quv mashg‘ulotidagi amaliy harakatlar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan muvofiqlashtirib borildi. Texnologik hodisalar, terroristik harakatlar, yong‘in, portlash va tabiiy ofatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda ob’ekt mas’ullaridan doimiy ravishda mustaqil va ishonchli bilim-ko‘nikmalar talab etadi.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA.