Sanoat korxonalarida innovatsion rivojlanish usullarining shakllanishi va zamonaviy yondashuvlar
Nilufar Abduvaxidovna YULDASHEVA Dotsent iqtisodiyot fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Farg‘ona politexnika institutiFarg‘ona, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada sanoat korxonalarida innovatsion jarayonlarning shakllanishiga doir uslubiy yondashuvlar, ularning mohiyati va innovatsion rivojlanishda strategik boshqaruvni amalga oshirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Korxonaning innovatsion faoliyatini baholashda strategik tahlil usullaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Tayanch so‘zlar: innovatsiyalar, korxona, innovatsion jarayon, strategiya, strategik boshqaruv, tahlil usullari, elementlar, samaradorlik.