Sanoat korxonalari soni ortmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida keyingi yillarda sanoat korxonalari soni izchil ortib bormoqda. Bu yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.


Tumanning Hamid Olimjon mahallasida joylashgan “Istiqbol sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyatida erkaklar ko‘ylagi ishlab chiqariladi. Korxonada mahallaning 40 nafar fuqarosi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Bu yerda oyiga 2000 dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. Mahsulotlarning sifati va dizayni xaridorlar tomonidan ijobiy baholanmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA