Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat korxonalari qurilishida hamkorlik
12:49 / 2019-04-19

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida barpo etilayotgan "Uzbekistan GTL" zavodi qurilishida Janubiy koreyalik ishbilarmonlar faol qatnashmoqda.


Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida barpo etilayotgan "Uzbekistan GTL" zavodi qurilishida Janubiy koreyalik ishbilarmonlar faol qatnashmoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi qaroriga muvofiq, “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Davlatimiz rahbari 2017-yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur zavodning qurilish maydoniga kelib, uni moliyalashtirish, xorijiy texnologiyalar bilan jihozlash, quruvchilar va kadrlar ta’minoti kabi barcha masalalarni chuqur tahlil qilgan edi. 

photo5316900824045169320.jpg

– Hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan GTL zavodi Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, zavod ishga tushirilgandan keyin yiliga 1,5 million tonna sentetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi, – deydi qurilish ishlari bo‘yicha texnik direktor o‘rinbosari Bekzod Ismoilov. – Bu yoqilg‘i o‘zining ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda qurilish maydonida 6 mingdan ziyod ishchilar jalb qilingan. Ushbu qurilayotgan zavod Koreya Respublikasining “Hyundai Engineering Co. Ltd.” va “Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd” kompaniyalari tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda loyihalash ishlari to‘liq tugallanish arafasida. Qurilish ishlariga kompaniyaning tajribali mutaxasislari jalb qilingan.

Ushbu zavodning Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasiga yaqin joylashgani umumlashgan infratuzilma ob’ektlaridan foydalanishda qulaylik yaratadi. 

photo5316900824045169323.jpg

– Kompaniyamiz O‘zbekiston bilan bir necha yillardan buyon mustahkam aloqa o‘rnatgan, – deydi Hyundai Engineering Co. Ltd kompaniyasi loyiha menejeri Jung Ik Sun. – Masalan, bugunga qadar Nukusdagi UGKM, Qandim, Tallimarjon IESdagi yangi blok loyihalarida faol qatnashdik va hozirda GTL O‘zbekiston zavodining loyihalash ishlarini amalga oshiryapmiz. Ushbu zavod o‘zining salmog‘iga ko‘ra, yirik sanoat korxonasi bo‘ladi. Sababi unga o‘rnatilayotgan uskunalar juda noyob hisoblanadi. Mamlakatingiz hududi gaz xomashyosining ko‘pligi ushbu zavodning samarali ishlashiga va iqtisodiy barqarorlikning oshishiga xizmat qiladi. Yurtingizda shunday ulkan sanoat korxonasi qurilishida ishtirok etayotganimizdan hursandmiz. O‘ylanmanki, bunday keyin ham davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mustahkamlanib boraveradi.