Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (PA)ning bahorgi sessiyasi doirasida Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Piskarev memorial qabristoniga gulchambarlar qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Marosim Ikkinchi jahon urushida tinchlik va ozodlik yo‘lida jonini fido qilgan millionlab insonlarning jasoratiga chuqur minnatdorlik va hurmat ifodasi bo‘ldi.
***
PA tadbirlari doirasida Senat Raisi Tanzila Norboyeva Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi. Unda o‘zaro hamkorlik, O‘zbekiston parlament delegatsiyasining joriy yil avgust oyida Vitebskka bo‘ladigan rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki davlat hududlari, ishbilarmon doiralari, yoshlar va yetakchi ayollarni yanada yaqinlashtirishga qaratilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlik sur’atini saqlab qolish va barcha darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
N.Abduraimova, O‘zA