English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanksiyalar YeOII mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda
15:31 / 2022-04-14

Rossiya va Belarusga nisbatan joriy qilinayotgan sanksiyalar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga ham daxl qilmoqda.

Shu bois “Beshlik” oqibatlarni yumshatish ustida ishlamoqda, dedi MDH birinchi departamenti direktori Mixail Yevdokimov. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

“Shubhasiz, so‘nggi oylarda G‘arb tomonidan Rossiya va Belarusga nisbatan qo‘llanayotgan, ko‘lami bo‘yicha misli ko‘rilmagan bir tomonlama cheklov choralari iqtisodiyotlarning yagona bozor doirasidagi o‘zaro chuqur bog‘liqligi tufayli YeOIIga a’zo davlatlarga ta’sir qilmay qolishi mumkin emas edi”, - dedi diplomat. 

Beshlikning asosiy e’tibori G‘arb sanksiyalarining salbiy oqibatini bartaraf etish, YeOII bozorini zarur sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan. G‘arb davlatlari sanksiyalari ortidan qator kompaniyalarning Rossiya bozoridan chiqishi, mamlakatdagi ishlab chiqarish korxonalari yopilishi haqida e’lon qilindi. Bunday sharoitda import o‘rnini bosish siyosati eng yaxshi samara beradi.