Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanjar Nazar: "Kitoblarda asriy haqiqatlar bor!" (+video)
12:30 / 2024-08-14

Xalqimiz azaldan ilm-ma’rifatga intilgan, kitob o‘qishga qattiq muhabbat qo‘ygan. Yurtimizdan dong‘i dunyoni tutgan ulug‘ olimlar va mutafakkirlarning ko‘plab chiqqani ham bejiz emas. Ilmli ziyolilar u yoqda tursin, oddiy hunarmand kosib yoki dehqonning xonadonida uzun qish kechalari oilaviy kitobxonliklar bo‘lgan, savodxon kishilar oila a’zolariga turli diniy, ilmiy kitoblarni o‘qib bergan.

Matbaachilik rivojlanmagani, kitoblar xattotlar tomonidan qo‘lda ko‘chirilganiga qaramay, ota-bobolarimiz hamisha kitobga intilgan, kitobni ardoqlagan, o‘qiganlarini boshqalarga yoygan. Biz shunday ilm-fan vatanining farzandlari ekanimizdan faxrlanishga haqli va o‘tgan ajdodlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga burchlimiz.  

"Shaxsiy mulohaza" loyihasining navbatdagi soni mehmoni - taniqli noshir, adabiyotshunos Sanjar Nazar. Suhbatimiz davomida bugungi texnologiyalar zamonida "kitob"ning o‘rni va taqdiri, to‘g‘ri va noto‘g‘ri kitoblarni tanlay bilish san’ati, noshirlikdagi og‘riqli nuqtalar haqida mulohaza yuritdik.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/QmCkK7Mumjo?si=lZRNDH_DVKVc-mE6" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov ,O‘zA