Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanjar Fayziyev finalda
14:15 / 2019-08-03

Tailandning Nontxaburi shahrida oʻtayotgan tennis boʻyicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziyev final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.


Tailandning Nontxaburi shahrida oʻtayotgan tennis boʻyicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziyev final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Sanjar sovrin jamgʻarmasi 25 ming AQSH dollari boʻlgan ushbu musobaqa yarim finalida Xitoy Taypeyi vakili Yu Xsuniga qarshi kortga chiqib, har ikkala setda bir xil – 6:2 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa finalga chiqqan S.Fayziyev bosh sovrin uchun kechadigan oʻyinda yaponiyalik Renta Tokudo bilan kuch sinashadi. Ular oʻrtasidagi uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 9:30 da boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Sanjar Fayziyev juftliklar oʻrtasida boshqa bir tennischimiz Sergey Fomin bilan musobaqaning vitse-chempioniga aylandi.