Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi
18:08 / 2023-07-05

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Mazkur qarorga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzurida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga mo‘ljallangan o‘quv rejasi va dasturlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish; 

xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv dasturlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishning o‘quv-metodik hujjatlarini ishlab chiqish; 

yetakchi professor-o‘qituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislarni taklif etgan holda, innovatsion texnologiyalarga asoslangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

shartnoma asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga jalb etish;

masofadan o‘qitish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda malaka oshirishning innovatsion shakllarini joriy etish, o‘quv-metodik resurslarni ishlab chiqish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish;

turli soha xodimlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida malakasini oshirish;

tarmoqning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli asosda joriy etish; 

idoralararo hamkorlik qilish, shu jumladan, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashqlar va mashg‘ulotlar o‘tkazish;

xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, anjumanlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish orqali sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan qamkorlik qilish. 

Markaz 2023 yilning 1 sentyabridan faoliyat boshlaydi.

O‘zA