Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining byudjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
14:08 / 2025-12-25

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining byudjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining byudjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda: 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining byudjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish; 

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish; 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish; 

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish; 

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat tartibi belgilab berilgan. 

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining byudjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 

Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.

O‘zA