Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, hududdagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
—Joriy yilning o‘tgan oylari mobaynida amalga oshirilgan bir qator profilaktik ishlar natijasida aholi orasida o‘ta xavfli karantin kasalliklari aniqlanmadi, — deydi tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Murat Uteniyazov. — Raqamlashtirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muassasamizda bir qator ishlar olib borildi. Ulardan tibbiyot birlashmasidan 058 (tezkor xabarnoma) qabul qilish, ushbu xabarnoma asosida epid tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida yekem.ssv.uz elektron dasturi, vaksinalarning kirim-chiqim hujjatlarini elektronlashtirish uchun vac.saneid.uz dasturi, vaksina bilan emlashlarni ro‘yxatga olish maqsadida demo.emlash.uz dasturi, laboratoriya tahlillarini ro‘yxatga olish uchun xojeli.kar-ses.uz dasturi ishga tushirildi. Ushbu dasturlar ishga tushirilishi ortidan bo‘lim ishlari bir qadar osonlashdi.
Boshqariladigan yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida davolash ishlarini o‘tkazish uchun 14 ta davolash profilaktika muassasasida (tuman tibbiyot birlashmasi, ko‘p tarmoqli poliklinika, qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq shifokorlik punktlari) davolash bo‘limlari tashkil etilgan. Ularga vaksinalar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan yetkazib beriladi.
2025 yilning 9 oyi davomida profilaktik emlash ishlarini o‘tkazishda ishtirok etadigan 28 nafar vaksinator va dublyorlar «Xavfsiz immunizatsiya" bo‘yicha o‘qitilib, emlash ishlarida ishtirok etish uchun sertifikatlar berildi. Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida tuman hududida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni 13 turdagi kasallikka qarshi vaksina bilan davolash ishlari olib borildi.
Bakteriologiya laboratoriyasi zarur zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tahlil topshirgan xodimlar va fuqarolarni ro‘yxatga olish, natijalarini berish onlayn tartibda amalga oshirilmoqda. Bunda bakteriologiya laboratoriyasiga tahlil topshirgan xodimlar va fuqarolarning natijalari sms orqali qo‘l telefoniga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.
Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishining oldini olish va ularni erta bosqichlarida aniqlash maqsadida laboratoriyamizda 13 ming 837 ta tahlil tekshirildi. Natijalari bo‘yicha zarur profilaktik ishlar o‘tkazildi.
Parazitologiya bo‘limi va laboratoriyasi tomonidan reja asosida 13 ta maktab, 23 ta bolalar bog‘chasi, 1-4 sinf maktab o‘quvchilaridan 1 ming 656 nafari tekshirildi. Kasallik aniqlangan bolalarga va muloqotda bo‘lganlarga degelmintizatsiya ishlari olib borildi.
Bakteriologiya laboratoriyasi zarur zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tahlil topshirgan xodimlar va fuqarolarni ro‘yxatga olish, natijalarini berish onlayn tartibda amalga oshirilmoqda. Bunda bakteriologiya laboratoriyasiga tahlil topshirgan xodimlar va fuqarolarning natijalari sms orqali qo‘l telefoniga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.
Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishining oldini olish va ularni erta bosqichlarida aniqlash maqsadida laboratoriyamizda 13 ming 837 ta tahlil tekshirildi. Natijalari bo‘yicha zarur profilaktik ishlar o‘tkazildi.
Parazitologiya bo‘limi va laboratoriyasi tomonidan reja asosida 13 ta maktab, 23 ta bolalar bog‘chasi, 1-4 sinf maktab o‘quvchilaridan 1 ming 656 nafari tekshirildi. Kasallik aniqlangan bolalarga va muloqotda bo‘lganlarga degelmintizatsiya ishlari olib borildi.
[gallery-25649]
Joriy yilda 91 ta ob’ektda, shundan 75 ta byudjet muassasasida tekshiruv o‘tkazildi. Tekshirishlar davomida mansabdor, mas’ul shaxslarga va dehqon bozoridagi fuqarolarga nisbatan jami 358 million 605 ming so‘m jarima chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, davolash profilaktika muassasalarida 32 ta tekshiruv o‘tkazilib, amaldagi sanitariya-gigiyena qoidalari va normalarini buzgan 31 nafar mansabdor va mas’ul tibbiyot xodimiga nisbatan 70 million 670 ming so‘m jarima chorasi qo‘llanildi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan umumta’lim maktablarida 58 ta tekshiruv o‘tkazilib, amaldagi sanitariya-gigiyena qoidalari va normalarini buzgan 49 nafar mansabdor va mas’ul shaxslarga nisbatan 246 million 500 ming so‘m ma’muriy jarima chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgust kungi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha 1-4 sinf o‘quvchilariga berilayotgan oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazorat ishlari olib borildi.
Dehqon bozori hududida belgilanmagan joylarda sifati kafolatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan, organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha shubhali deb topilgan 1 ming 595 kg oziq-ovqat mahsuloti savdodan olindi.
Tumanning odamlar gavjum joylarida “Ovqatdan zaharlanish hodisalari”, “Botulizm" kasalliklari”, “Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish” mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi. “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha 28 ta fuqarolar yig‘iniga 48 nafar xodim biriktirilib, shundan 22 ta fuqarolar yig‘inida 18 ming 741 xonadon o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli joylarga ma’lumot berildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA