Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev Qarshida ochiq muloqot o‘tkazdi
11:34 / 2026-02-20

Qarshi shahrida tadbirkor va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida sanitariya-epidemiologik talablar, tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, shuningdek, aholini qiziqtirayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob olish, taklif va murojaatlarini ochiq tarzda bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uchrashuv tadbirkorlik sub’ektlari va aholi o‘rtasida o‘zaro muloqotni mustahkamlash, amaldagi sanitariya qoidalariga oid tushunchalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Tadbir davomida tadbirkor va fuqarolar tomonidan qilingan 20 ga yaqin murojaat qabul qilindi va ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 4 ta murojaat joyida hal etildi. 

– Tibbiyot akademiyasi bitiruvchi kurs talabasiman va bugungi muloqot davomida o‘zimning startap loyiham bilan ishtirok etdim, – deydi Charos Hasanova. – Loyihada ayollar sog‘lomlashtirish kompleks ekobog‘ barpo etish ko‘zda tutilgan. Uni amalga oshirish bo‘yicha bir nechta savollarim bor edi va uchrashuv davomida ularga javob oldim. Bu bog‘ tog‘li hududlarda emas, balki viloyatning cho‘l mintaqalarida inson qo‘li bilan yaratiladi. U yerda o‘ziga xos eko muhit va tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Narxlari ham hamyonbop bo‘ladi. Shunda oddiy qishloq ayollari ham u yerda bemalol dam olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati 50 milliard so‘mni tashkil etadi va ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

[gallery-27762]

Tadbir doirasida bir guruh faol yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham tashkil etildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi hamda uning tumanlardagi quyi tizimlarida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor, yosh xodimlardan 17 nafariga 5 millionlik vaucherlar sertifikati tantanali topshirildi. 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari