Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sandu Rossiyani Moldova uchun ulkan tahdid, deb atadi
13:10 / 2023-10-12

Moldova Prezidenti Mayya Sandu "Financial Times" gazetasiga intervyu berib, ilk bor Rossiyani respublika milliy xavfsizligiga eng ulkan tahdid, dedi.

«Ilk bor tushunarli va ochiq bayonot beramiz: Rossiya milliy xavfsizligimiz uchun eng katta tahdid. Buni bizning YeI mamlakatlari, AQSH va NATOning boshqa a’zolari  bilan strategik hamkorligimiz ham tasdiqlaydi», — dedi u. 

Avvalroq Sandu Xavfsizlik bo‘yicha oliy kengash majlisi yakunida Moldova mudofaasi uchun xarajat oshirilishini ma’lum qilgandi. U shuningdek, AQSH bilan strategik sheriklik milliy xavfsizlik strategiyasida hal qiluvchi omil ekanini ta’kidladi.

Yanvar oyida Sandu "Politico" nashriga yirik harbiy alyansga qo‘shilish uchun mamlakat betaraflik maqomidan voz kechishi zarurligini ta’kidlagandi.

Moldova Konstitutsiyasiga ko‘ra, ushbu davlat ayni payt betaraflik maqomiga ega.