Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sandu Belgiya va Irlandiyadan Moldovani qo‘llab-quvvatlashni so‘radi
13:40 / 2023-12-05

Moldova Prezidenti Mayya Sandu Belgiya Qirolligi Bosh vaziri Aleksandr de Kroo va Irlandiya Bosh vaziri Leo Varadkar bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda mamlakat axborot agentligi – “Moldpres” xabar berdi.

Muhokamaning asosiy mavzusi Respublikaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi jarayoni bo‘ldi, deb xabar bergan nashr.

Davlat rahbari Moldovaning mamlakatni modernizatsiya qilish va Yevropa yo‘lidan borish bo‘yicha zarur islohot olib borish yo‘lidagi izchil sa’y-harakati haqida gapirdi. Yevropa komissiyasi tavsiyalarini amalga oshirishda sezilarli yutuqlarga erishilgani, bu komissiyaning 8 dekabrdagi hisobotida ham aks etishini qayd etdi.

Suhbat chog‘ida Sandu Belgiya va Irlandiya rahbarlarini Moldova Respublikasi bilan muzokarani imkon qadar tezroq boshlash qarorini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Ushbu masala Yevropa Kengashining 14-15 dekabrdagi yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Mazkur tadbirdan oldin Prezident Mayya Sandu, Bosh vazir Dorin Rechan va Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri Niku Popesku YeIga a’zo barcha davlatlarning yuqori martabali amaldorlari bilan Moldovaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokara boshlash muhimligini ta’kidlash maqsadida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.