Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanatoriy yangi binoda
15:51 / 2023-04-29

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriysi yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda urush va mehnat faxriylari, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalishdi.  

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham qator ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma ob’ektlarida qurilish hamda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan, mazkur sanatoriyada umumiy qiymati 6 milliard 650 million so‘mlik qurilish hamda rekonstruksiya ishlari olib borildi. Natijada, muassasaning xizmat ko‘rsatish quvvati 125 nafar kishiga yetkazildi.  

Sanatoriya yangi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Jumladan, kompleks fizioterapik BTL apparati, suv bilan davolash qurilmalari, elektro-, ultratovush, lazerli hamda magnitoterapiya apparatlari va yana boshqa inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.  

Tadbir ishtirokchilari yangi binoda davolanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA